Показать меню

Olmaxon Hayitova - Naylayin (Qo’shiq matni, so’zi)

Текст песни Olmaxon Hayitova - Naylayin (Qo’shiq matni, so’zi)


Oqcho garyan g`amsiz boshim
G`amxona bo`ldi-yo, naylayin?
Bir so`z bilan oshno yorim
Begona bo`ldi-yo, naylayin?

Bir so`z bilan oshno yorim
Begona bo`ldi-yo, naylayin?

Man keldim, oh, ne so`roqlab,
Yuragimni o`tga dog`lab,
Ul qochdi mandan yiroqlab,
Ravona bo`ldi-yo, naylayin?

Ul qochdi mandan yiroqlab,
Ravona bo`ldi-yo, naylayin?

Talqa dundi og`zin boli,
Esdi ayroni shamoli,
Bilmadim nadur xiyoli,
Pinhona bo`ldi-yo, naylayin?

Bilmadim nadur xiyoli,
Pinhona bo`ldi-yo, naylayin?

Yondi mani, bag`rim yondi,
Oh, davro raqiblara do`ndi,
Vaslingning chirog`i so`ndi,
Hijrona do`ndi-yo, naylayin?

Vaslingning chirog`i so`ndi,
Hijrona do`ndi-yo, naylayin?

Endi durmanandir soat,
Ko`nglimda qolmadi toqat,
Muhabbat solgan imorat,
Vayrona bo`ldi-yo, naylayin?

Muhabbat solgan imorat,
Vayrona bo`ldi-yo, naylayin?

Qutulmadi g`amdan boshim,
Oh, o`gu bo`ldi ichgan oshim,
Yor yo`linda ko`zda yoshim
Ravona bo`ldi-yo, naylayin?

Yor yo`linda ko`zda yoshim
Ravona bo`ldi-yo, naylayin?

Shohsanamdir, ko`nglim tiyra,
Sog`indim sevgi-dard ila,
Yorning ko`ngli o`zga yora
Gumona bo`ldi-yo, naylayin?

Yorning ko`ngli o`zga yora
Gumona bo`ldi-yo, naylayin? (x2)
Скачано: 222 раз(а)
ТОП за месяц